Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-26

Oʻzbekiston Qurolli kuchlarining jangovar shayligi tekshiriladi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Dushanba (26-noyabr) kuni Oʻzbekiston boʻylab besh kunlik harbiy mashgʻulotlar boshlandi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot kotibi Temur Narziyev vazirlikning YouTube kanaliga joylangan video-murojaatda maʼlum qilgan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Sobiq sovet respublikasi boʻlgan “Oʻzbekistonda shu vaqtga qadar bunday keng miqyosdagi jangovar tayyorgarlik sinovlari oʻtkazilmagan”, dedi Narziev.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 1

Captcha
Comment bubble | 2018-11-26

Harbiy sarf-xarajatlarni oshirish va IIV xodimlarini kamaytirish orqali askarlar sonini 250 mingtaga oshirish kerak. AQSHda 1000 fuqaroga 2,4 politsiya xodimi toʻgʻri keladi, Yaponiyada 1,9, Turkiyada esa bu raqam 4 ga teng. Agar Turkiyadagi maksimal ko‘rsatkichni hisobga olsak ham, unda 33 million oʻzbekistonlikka IIVda 132 mingdan koʻp xodim ishlashi kerak emas. Ularning soni esa 4-5 barobar ko‘p!! Bunga hech qanday budjet dosh berolmaydi! Qisqartirish oson. 80 foizi sport normativlarni topshirishni eplay olmaydi. (3 kilometrga yugurish, 12 marta tortilish va hokazo) Qorin qoʻygan, beso‘naqay militsiyaning nima keragi bor, buning ustiga noprofessional bo‘lsa. Faqat professionallarni qoldirish kerak. Armiyaga qat’iy tanlov asosida qabul qilish zarur, u yerga faqat aqlli va kuchlilarni olish kerak. Harbiylarni NATO standartlari asosida oʻqitish kerak, Turkiya, NATO mamlakatlaridan eng yaxshi mutaxassislarni taklif qilish kerak. Oddiy askarlarning maoshi 500 AQSH dollaridan, serjantlarniki 700 AQSH dollaridan, zobitlarniki 1000 AQSH dollaridan kam bo‘lmasin. Istiqbolda umumiy askarlari soni 500 mingdan iborat Markaziy Osiyoning o‘z “NATO”sini yaratish kerak. Shimoldagi va sharqdagi qo‘shnilarimiz kim ekanligini unutmasligimiz va 100-150 yil avvalgi tarixdan o‘rnak olishimiz kerak.

Javob berish