Karvonsaroy

Xitoydagi qirgʻizistonlik migrantlar hibsdagi qarindoshlarini ozod etishda Jeenbekovdan yordam soʻramoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Xitoydagi “qayta tarbiyalash” lagerlarida kamida 50 ming nafar etnik qirgʻizlar saqlanmoqda. Bu haqda Shihjon (Xitoy) viloyatidagi etnik qirgʻiz migrantlari guruhining dushanba (26-noyabr) kuni Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga yoʻllagan ochiq maktubida maʼlum qilingan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosi.

Shinjonda asosan, Xitoy-Qirgʻiziston chegarasi yaqinidagi Qizilsuv qirgʻiz avtonom prefekturasida 200 mingga yaqin etnik qirgʻizlar istiqomat qiladi.

Oʻz maktubida ular Jeenbekovdan ayrim hollarda 2 yildan ortiq tashqi dunyo bilan aloqasiz holda saqlanayotgan qarindoshlarini ozod etishga yordam berishini soʻraganlar.

BMTning avgust oyida oʻtkazgan tekshiruvlari natijasida bir millionga yaqin shinjonlik musulmonlar “ekstremizmga qarshi kurash markazlarida” saqlanayotgani, millionlab boshqa odamlar qayta tarbiyalash maskanlariga majburan joylashtirilgani maʼlum boʻlgan.

Xitoy hukumati ushbu maskanlar tarbiyalanuvchilarining tutqunlikda saqlanishini inkor etib keladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500