Karvonsaroy

Qozogʻiston Azov dengizidagi “tanglikning hal etilishini” qoʻllab-quvvatlaydi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Azov dengizidagi inqirozga aloqador davlatlarni “nizolarning kuchayishiga yoʻl qoʻymaslikka” chaqirdi, deb xabar beradi 27-noyabr (seshanba) kuni Kazinform vazirlik bayonotiga asoslanib.

Rossiyalik dengizchilar Ukrainaning uchta kemasi bortiga chiqib, ularni qo‘lga olgan edilar. Mazkur hodisa 25-noyabr, yakshanba kuni Azov dengizida sodir bo‘ldi. Kemalar Kerch bo‘g‘ozida Qrim sohillaridagi Rossiya suvlariga noqonuniy kirganlikda ayblahgan.

“Biz Kerch boʻgʻozida noharbiy kemalarning oʻtishi uchun qaytadan yoʻl ochilganini olqishlaymiz. Tomonlarni vaziyatga masʼuliyat bilan yondoshishga va keskinlikning kuchayishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.

Unga koʻra, Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashining “Azov dengizidagi ziddiyatni hal etishga” qaratilgan rejalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500