Karvonsaroy

2018-yilda Toshkentda jinoyatchilik darajasi pasaydi

Karvonsaroy

TOSHKENT – 2018-yilda Toshkent shahrida jinoyatchilik darajasi 2017-yildagiga nisbatan keskin pasaydi. Bu haqda seshanba, 27-noyabr kuni “Turon” axborot agentligi shahar IIBBga tayanib xabar berdi.

Oʻgʻirlik jinoyatlari 65 foizga kamaydi – 2017-yilda ularning soni 115 tani tashkil etgan boʻlsa, 2018-yilda bu raqam 40 taga teng boʻldi.

Oʻzbekiston poytaxtida jinoyatchilik bilan bogʻliq statistika “ichki ishlar idoralari, Milliy gvardiya va jamoatchilik guruhlari tomonidan birgalikda olib borilayotgan uzluksiz patrul nazorati” natijasida yaxshilandi, dedi IIBB axborot-multimedia markazi rahbarining oʻrinbosari Irina Sayfutdinova.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500