Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-29

Qozogʻistonda eng kam ish haqi oshirilib, ijtimoiy himoya kuchaytiriladi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻistonda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish dasturi doirasida eng kam oylik miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Kazinform 29-noyabr, payshanba kuni.

“2019-yil 1-yanvardan boshlab kam haq toʻlanadigan ishchilar, jumladan, davlat xizmatchilarining ish haqi 1,5 baravarga oshadi”, dedi prezident Nursulton Nazarboev Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining faoliyatiga bagʻishlangan majlis chogʻida.

“Bu, shuningdek, maʼmuriy, koʻmak va texnik xizmat xodimlariga ham taalluqli boʻladi. Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi 1,3 million nafar kam haq toʻlanadigan yollanma ishchilarning oylik maoshlari oʻrtacha 30 foizga oshadi”, dedi Nazarboyev.

Prezident Nazarboyev pensiya toʻlovlari, mehnatga layoqatsizlik va boquvchisini yoʻqotganlik uchun nafaqalarni oshirish zarurligini taʼkidladi.

Qozogʻiston bu yil ijtimoiy yordam uchun 2,6 trillion tenge (7 milliard dollar) ajratdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 21,3 foizga koʻp, dedi Nazarboyev.

Uning soʻzlariga koʻra, joriy yilning dastlabki 10 oyi mobaynida hukumat tomonidan 103 ming oilaga yoki 534 ming kishiga yordam koʻrsatilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 4

Fikrlar 0

Captcha