Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-29

YIning Markaziy Osiyodagi vakili Bishkekda Qirgʻiziston rasmiylari bilan uchrashadi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Peter Burian Qirgʻiziston rasmiylari bilan muzokara oʻtkazish maqsadida Bishkekka tashrif buyurdi, deb xabar beradi Ozodlik radiosi.

Burian YI va Qirgʻiziston oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda. Bu haqda Bishkekdagi YI idorasi payshanba, 29-noyabr kuni xabar berdi.

U Qirgʻiziston parlamenti spikeri Dastanbek Jumabekov, Bosh vazir Muhammedkali Abilgaziev va tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan uchrashadi.

Burian, shuningdek, bir qator jamoatchilik vakillari va xorijiy diplomatlar bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha