Karvonsaroy

AQSH elchixonasi Tojikistonga 500 ming dollarlik chegara postini topshirdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 30-noyabr, juma kuni AQSH elchixonasining ishonchli vakili Kevin Kovert va Tojikiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-polkovnik Rajabali Rahmonali Xatlon viloyatidagi Ushturmullo chegara postini ochib berdilar, deyiladi elchixona xabarida.

Yangi post tojik-afgon chegarasida joylashgan boʻlib, BMTning narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi bilan imzolangan kelishuv asosida bunyod etilgan. Qiymati 500 ming AQSH dollariga (4,7 mln. somoniy) teng ushbu loyihani AQSH davlat departamenti moliyalashtirgan.

Bayonotga koʻra, obyekt “kazarmalar, zobitlar xonalari, qozonxona, quduq va suv saqlash rezervuarini oʻz ichiga oladi. Unda 35 chegarachi va 3 nafar zobit joylashadi.

Inshoot “foydalanish uchun shay”, deb xabar qildi elchixona. U AQSHning Janubiy Osiyodagi strategiyasida Tojikistonni muhim hamkor deb atagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500