Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-12-03

Afgʻonistondagi yarashuv jarayoni boʻyicha AQSH vakili muzokalar uchun Markaziy Osiyoga yoʻl oldi

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – Afgʻonistondagi yarashuv jarayoni boʻyicha AQSH vakili, elchi Zalmay Xalilzod Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini muhokama qilish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar qiladi. Bu haqda AQSH davlat departamentining yakshanba, 2-dekabr kungi bayonotida maʼlum qilingan.

Xalilzod 2-20-dekabr kunlari idoralararo delegatsiya bilan Pokiston, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston va Turkmanistonga tashrif buyurib, muzokaralar oʻtkazadi.

“U afg‘on xalqiga o‘z davlati taqdirini o‘zi belgilashga imkon berish maqsadida Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik qilish istagidagi Afg‘oniston hukumati rasmiylari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda”, deyiladi bayonotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha