Karvonsaroy

Tojikiston sifatsiz oziq-ovqat importchilarini jarimaga tortadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston hukumati mamlakatga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini import qilganlarga jarima solishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi 4-dekabr (seshanba) kuni Asia-Plus nashri.

Parlamentda mamlakat ma’muriy kodeksiga kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Amaldagi qonunga koʻra, aybdor tomon jarimaga tortilmay, sifatsiz yoki muddati o‘tgan mahsulotlarni yo‘q qilishi talab etiladi, xolos.

Qonun loyihasi qabul qilinadigan boʻlsa, qonunbuzar kompaniyalar 25000-25000 somoniy (2600-3700 AQSH dollari) miqdorida jarima to‘laydilar, dedi rasmiylardan biri. Importga ruxsat bergan amaldorlarga esa 7500-10000 somoniy (796-1062 AQSH dollari) jarima belgilanadi.

Qonunni takroran buzgan korxonalarga 35-50 ming somoniy (3700-5300 AQSH dollari), amaldorlarga esa 25-50 somoniy (2600-5300) jarima solinishi koʻzda tutilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500