Karvonsaroy

Qozogʻistondagi kiberxavfsizlik akademiyasi yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaydi

Karvonsaroy

ASTANA – Qozogʻiston hukumati kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislarni tayyorlovchi yangi akademiyani tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri oʻrinbosari Timur Shaymergenov chorshanba, 5-dekabr kuni parlamentdagi chiqishi chogʻida “Kiberqalqon” konsepsiyasi doirasida tuziladigan akademiya borasidagi rejalarni oshkor qildi.

“Ayni vaqtda biz kiberxavfsizlik akademiyasini tuzish boʻyicha tashkiliy-huquqiy masalalarni oʻrganmoqdamiz”, dedi Shaymergenov. U akademiya faoliyatiga kuchli kompaniyalar jalb qilinishini aytgan.

Akademiya joriy yil boshida qozoq hukumati va “Transtelekom” kompaniyasi tomonidan strategik obyektlar kiberxavfsizligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Kiberxavfsizlik boʻyicha milliy markaz huzurida faoliyat olib boradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500