Karvonsaroy

Qozoq kompaniyasi Milliy gvardiya uchun dronlar ishlab chiqaradi

Karvonsaroy

OSTONA – “Qazaqstan Gʻarish Sapari” (KGS) kompaniyasi mamlakat Milliy gvardiyasi uchun oʻziuchar qurilmalar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Kazinform payshanba (6-dekabr) kuni. KGS kosmik uskunalar ishlab chiqaruvchi qozoq kompaniyasi hisoblanadi.

Bu haqda Milliy gvardiya qoʻmondoni, general-leytenant Ruslan Jaskilikovning KGS kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvida maʼlum qilingan. Delegatsiyaga kompaniyaning kosmik tizimlar va texnologiyalar boʻyicha vitse-prezidenti, aviatsiya general-mayori Aydin Ayimbetov rahbarlik qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga oid memorandumni imzoladilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500