Karvonsaroy

Oʻzbekiston hukumati tijorat banklarini moliyalashni qisqartiradi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston hukumati tijorat banklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatadi. Bu haqda payshanba, 6-dekabr kuni AKIpress Oʻzbekiston Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetovga asoslanib xabar berdi.

Hukumat tijorat banklaridagi ulushini xorijiy investorlarga sotmoqchi, dedi Ishmetov.

“Banklar - tijorat tashkilotlari va foyda olishlari kerak”, dedi u. “Koʻpchilik banklar buni unutib qoʻymoqda. Xususan, davlat banklari davlatdan moliyaviy yordam olishga koʻnikib qolganlar”.

“Endi esa vaziyat oʻzgardi”, dedi u. “Hukumat bundan buyon davlat banklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlamaydi va banklardagi ulushini qisqartiradi. Aksiyalarning bir qismi xorijiy investorlarga sotiladi”.

Uning soʻzlariga koʻra, Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi “Ipotekabank”ka kredit berib, uning 15 foiz aksiyalarini sotib olish istagini bildirgan. XMK vakillari bank kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladi va korporativ boshqaruvni rivojlantirishga koʻmaklashadi.

Ishmetovning aytishicha, Oʻzbekiston Markaziy banki mamlakatdagi kredit tizimini qayta koʻrib chiqadi, sababi avvalgi imtiyozli kreditlar tizimi tijorat banklarining rivojlanishini sekinlashtirib yuborgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500