Karvonsaroy

YI Qirgʻizistondagi taʼlim sohasi uchun 9 mln. yevro ajratdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yevropa Ittifoqi (YI) Qirgʻiziston moliya vazirligiga mamlakat taʼlim sohasi uchun 9,3 mln. yevro mablagʻ ajratdi. Bu haqda 24.kg nashri payshanba (6-dekabr) kuni vazirlik matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, bu jami 30 mln. yevrolik (2,3 mlrd. qirgʻiz soʻmi) yordamning soʻnggi qismidir. Dastur 2020-yilgacha Qirgʻizistonning taʼlimni rivojlantirish strategiyasini va 2016-2017-yillar uchun harakatalar rejasini amalga oshirishga qaratilgan.

10 mln. yevro (795 mln. soʻm) hajmidagi avvalgi ikki transh 2016-2017-yillarda olingan edi.

Dasturdan koʻzlangan maqsad – umumiy va professional taʼlimni isloh qilishga koʻmaklashish, ularning sifati va pedagogik standartlarni oshirish, shuningdek, davlat mablagʻlarini boshqarishni yaxshilashdan iborat.

Grant mablagʻlari, jumladan, darsliklar xarid qilish, Qirgʻizistonning maktabgcha taʼlim tizimini moliyalash va maktablarni internetga ulash ishlariga safarbar etilgan.

Hozirda YI va Qirgʻiziston hukumati oʻrtasida 2019-2021-yillarga moʻljallangan, umumiy qiymati 35,76 mln. yevrolik (2,8 mlrd. qirgʻiz soʻmi) yangi koʻmak dasturi yuzasidan muzokalar olib borilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500