http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/12/07/newsbrief-01?language_switcher=true

Qozogʻistonda korrupsiyaga qarshi kurash tizimi takomillashtiriladi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻistonning davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va akademik doiralari vakillari Ostonada “Globallashuv sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashish” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar. Bu haqda juma, 7-dekabr kuni Kazinform Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboevning matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Qozogʻiston xalqaro tajriba, BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyalari hamda oʻzining milliy xususiyatlariga muvofiq tarzda korrupsiyadan xoli boʻlgan zamonaviy davlatning oʻziga xos konsepsiyasini yaratdi“, dedi davlat kotibi Gulshara Abdikalikova.

“Korrupsiyaga qarshi kurash milliy tizimini ishlab chiqishda biz jahon tendensiyalari, rivojlangan mamlakatlar va BMT, IHRT va YXHT kabi xalqaro tashkilotlarning ilgʻor tajribasini inobatga olmoqdamiz”, dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurash tizimini “Besh institutsional islohot” va 2015-2025-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi doirasida isloh qilinmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha