Karvonsaroy

Hisobot: joriy yilda Ostonaga 500 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston poytaxtining sayyohlarni jalb qilish salohiyati tobora ortib bormoqda, deb xabar qildi juma (7-dekabr) kuni Kazinform nashri.

Joriy yil hisobidan shaharga shu kungacha 500 mingdan ortiq turist kelgan, deb xabar berdi “Astana Convention Bureau” (ACB).

“Shahar brendining rivojlanishi va faol targʻiboti yildan-yilga katta konferensiyalar, ko‘rgazmalar, madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishga yordam berdi”, deydi ACBning marketing bo‘yicha rahbari Aygerim Beysembayeva.

“Ayni damda Ostona global muammolarga yechim topishda Markaziy Osiyoda muhim muzokaralar olib borish uchun maydon oʻlaroq shakllanmoqda”, dedi u. “Poytaxt Markaziy Osiyoda va dunyoda eng yaxshi sayyohlik maskanlaridan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.”

Shaharda turli darajadagi tadbirlar, jumladan, 2017-yilning energetikaga bag‘ishlangan xalqaro EXPO-2017 ko‘zgazmasi kabi tadbirlarni oʻtkazish uchun 130 dan ortiq joylar bor.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500