http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/12/10/newsbrief-02

Gʻarb diplomatlari Tojikistonni matbuot erkinligini himoya qilishga chaqirdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanbedagi AQSH elchixonasi va boshqa Gʻarb mamlakatlari elchixonalari Tojikistonni inson huquqlari, jumladan, matbuot erkinligini himoya qilishga chaqirdi. Bu haqda elchixonaning dushanba, 10-dekabr kuni Inson huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan bayonotida, soʻz yuritilgan.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va AQSH elchixonalari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari “Asia-Plus” va “Radio Ozodi” kabi yangiliklar saytlari va ijtimoiy tarmoqlarning muntazam bloklanishidan xavotir bildirganlar.

Biz har qanday shaxs oʻz qarashlarini – u jamoat oldida boʻladimi yoki internetdami, farqi yoʻq – birdek ifoda etish huquqiga ega deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.

“Biz Tojikiston respublikasi hukumatini fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi Xalqaro pakt boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarib, matbuot erkinligini taʼminlashga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.

“Biz ishonamizki, Tojikistonning uzoq muddatli farovonligi, xavfsizligi va barqarorligi hukumatdan soʻz va matbuot erkinligi hamda jurnalistlarning senzura yoki tazyiqlardan qoʻrqmay ishlash huquqini himoyalashni talab qiladi”. Bayonotda tez va arzon internet har qanday mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun juda muhim” ekani taʼkidlangan.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha