http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/12/10/newsbrief-03
Rossiya Putin kuzatuvida yadroviy urushni mashq qildi

Jeenbekov Qirʻgizistonda korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashga chaqirmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Korruptsiyaga qarshi kurash Qirgʻiziston hukumati uchun ustuvor vazifa, deb maʼlum qildi mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov yakshanba, 9-dekabr kuni Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilgan bergan bayonotida.

“Davlat vakolatlarini oʻz choʻntaklarini toʻldirish yoʻlida suiisteʼmol qiluvchilar qonunga muvofiq javobgarlikka tortilibgina qolmasdan, balki omma oldida izza qilinishi kerak”, dedi Jeenbekov oʻz nutqida.

“Korrupsiya jamiyatning barcha sohalariga taʻsir oʻtkazadigan illat boʻlib, davlatning samarali rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi”, deyiladi bayonotda. “U tengsizlik va adolatsizlikni keltirib chiqaradi”.

“Shunday ekan, bu yovuzlikka qarshi kurash – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib qoladi, bu siyosatning asosiy tamoyillari esa – qonun ustuvorligi, adolat va jazoning muqarrarligidir, dedi u.

Jeenbekov “inson omili va davlat xizmatchilarining fuqarolar bilan aloqalarini bartaraf etish, tadbirkorlarni ularning biznesiga asossiz aralashuvlar va noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish”ga qaratilgan aksil-korruptsiyaviy choralar koʻrilayotganini taʼkidlagan.

U, shuningdek, fuqarolik jamiyati vakillarini korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha