Karvonsaroy

Yevropa Banki 2019-yilda Qirgʻizistonda suv loyihalarini amalga oshiradi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) kelasi yilda Qirgʻizistonda irrigatsiya va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Bu haqda seshanba, 11-dekabr kuni Bishkekda YTTBning Markaziy Osiyo boʻyicha rahbari Nil Makkeyn prezident Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qilgan.

YTTB mazkur loyihalar uchun 129 million dollardan ortiq (9 milliard qirgʻiz soʻmi) mablagʻ ajratadi, dedi MakKeyn.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500