Karvonsaroy

Ichki ishlar vaziri: Qozog‘istonda 15 mingdan ortiq qoʻsh fuqarolikka ega qonunbuzarlar aniqlandi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston hukumati qoʻsh fuqarolikka oid qonunni buzgan 15 mingdan ortiq shaxsni aniqladi, deb maʼlum qildi ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kassimov 12-dekabr (chorshanba) kungi parlament yig‘ilishida. Bu haqda mahalliy nashrlardan biri xabar bergan.

Vazir qonunbuzarlar qachon aniqlangani haqida maʼlumot bermagan.

Qozog‘iston qonunlariga koʻra, qoʻsh fuqarolik taqiqlangan.

15 ming qonunbuzardan 550 nafari javobgarlikka tortildi, 102 kishi deportatsiya qilindi va qolganlarga jarima solindi.

Mazkur sxemada Rossiyaga ko‘chib borib, u yerda fuqarolik olgan qozog‘istonliklar ishtirok etgan, dedi u “Almaty TV” telekanaliga asosan. Ular Qozog‘iston pasporti bilan vatanlariga qaytib, bu yerda pensiya olganlar va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanganlar, deb qo‘shimcha qildi u.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari qonunbuzarlarni ijtimoiy taʼminot idoralari va chegara xizmatlari yordamida aniqlamoqdalar, dedi u.

Kassimov bu haqda parlament quyi palatasining Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasidagi immigratsiya siyosati bo‘yicha hamkorlik shartnomasini tasdiqlaganidan soʻng aytib oʻtgan, deb xabar berdi Total.kz nashri.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500