Karvonsaroy

Qirg‘izistonlik talabalar gender zo‘ravonligi haqida ma’ruzalar tinglamoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston bo‘ylab 1000 dan ortiq universitet talabalari kelin o‘g‘irlash va gender zo‘ravonligi va jinoiy javobgarlik masalasida ogohlikni oshirishga qaratilgan ma’ruzalarni tingladilar.

Suhbatlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tashabbusi bilan o‘tkazildi, deyiladi YXHT veb-saytida chorshanba (12-dekabr) kuni e’lon qilingan xabarda.

Gender mutaxassislari Qorako‘l, Norin, O‘sh, Jalolobod va Talasda kelin o‘g‘irlash odatining qurbonlar hayotiga ta’siri va bunday jinoyatlar uchun belgilangan jazo haqida ogohlikni oshirish bo‘yicha ma’ruza qildilar.

Ma’ruzalar 25-noyabr – Ayollarga qarshi zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunida boshlandi va dushanba, 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari himoyasi kuni oʻz nihoyasiga yetdi.

16 kun davom etgan tadbir gender zo‘ravonligiga qarshi faol kurash kunlari bo‘lib, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash xalqaro kompaniyasi doirasida har yili oʻtkazib kelinadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500