Karvonsaroy

Qirgʻizistonlik deputatlar: organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga oʻtilishi lozim

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston parlamenti aʼzolari mamlakat fermerlariga faqat biologik sof mahsulotlar ishlab chiqarishni tavsiya qilmoqdalar, deb xabar beradi 24.kg nashri 13-dekabr, payshanba kuni.

Parlament spikeri Dastanbek Jumabekov Qirgʻizistonda 10 yil ichida butunlay organik – genetik jihatdan oʻzgartirilgan organizmlardan xoli va tabiiy oʻgʻitlar bilan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga oʻtish haqida hukumatga koʻrsatma bergan.

Qonunni qoʻllab-quvvatlayotgan deputatlarga koʻra, fermerlar faqat oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan biologik preparatlar va organik oʻgʻitlardan foydalanishlari lozim.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500