DUSHANBE – Qozog‘istoning SCAT aviakompaniyasi juma (14-dekabr) kuni Ostona-Dushanbe yo‘nalishida uchib, Qozog‘iston va Tojikiston poytaxtlarini bog‘lovchi to‘xtovsiz aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar berdi Asia-Plus nashri.
Reyslar juma va yakshanba kunlari CRJ-200 samolyotida amalga oshiriladi.
Bir tomonga chipta narxi 44 ming tenge (118 AQSH dollari), borish-kelish chiptasi esa 86 ming tengeni (232 AQSH dollari) tashkil etadi, dedi SCAT aviakompaniyasi vitse-prezidenti Nikolay Buryakov payshanba (13-dekabr) kuni Ostonada.
Dushanbe xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uzluksiz reyslar Qozog‘iston va Tojikistonning savdo va iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining sa’y-harakatlari natijasida yoʻlga qoʻyilgan.