Karvonsaroy

AQSH delegatsiyasi Qirg‘iziston bilan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha yangi shartnoma imzolamoqchi

Karvonsaroy

BISHKEK – Juma (14-dekabr) kuni AQSH delegatsiyasi Bishkekda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov bilan uchrashdi, deb xabar berdi 24.kg nashri vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib.

Uchrashuvda AQSHning Qirg‘izistondagi elchisi Donald Lu, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) missiyasining Qirg‘izistondagi rahbari Gari Linden va USAIDning Osiyo byurosi Markaziy Osiyo va Qirg‘izistondagi raisi Erik Rudenshold ham ishtirok etdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yuqori salohiyatiga e’tibor qaratdilar hamda keng qamrovli sohalarda Qirg‘iziston va Amerika bizneslari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“Tomonlar Amerika kompaniyalarini Qirg‘istondagi investitsiya imkoniyatlari bilan tanishtirish va tadbirkorlik doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun 2019-yil sentabr oyida biznes forum o‘tkazish masalasini muhokama qildilar”, deb xabar berdi vazirlik.

Qo‘shma Shtatlar va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi hamkorlik shartnomalarining imzolanishi Qirg‘izistondagi AQSH dasturlari sonini oshirib, oʻzaro savdo va iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishi kutilmoqda, deyiladi AQSH bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Шунчаки рақобатчилар пайдо бўлди. Хитой ва Россия. Шу боис USAID эмиссарлари ғимирлаб қолишган. 17 йил шундай ташкилотда ишлаганим (USAID контрактери) бу ҳамкорлик нимага олиб бориши ҳақида мулоҳаза қилишимга имкон беради. Иккита инқилоб камлик қилдими бизга???

Javob berish