Karvonsaroy

Bishkekda yangi yil bayramiga tayyorgarlik doirasida yong‘in xavfsizligi choralari ko‘rilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Bishkek hokimiyati poytaxtdagi barcha maktab, bog‘cha, bozorlar va savdo markazlariga Yangi yil bayrami oldidan yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirishga ko‘rsatma berdi, deb xabar berdi 24.kg nashri seshanba (18-dekabr) kuni.

“Mushakbozlikning avj olishi bilan yong‘in xavfi ham ortadi, biz buning oldini olish choralarini ko‘rishimiz kerak”, dedi hokim Aziz Surakmatov hokimiyatning seshanba kungi yig‘ilishida.

Uchrashuv ishtirokchilari bolalar maydonchalari, kinoteatrlar va savdo markazlarining yuqori qavatlarida joylashgan, jumladan, favqulodda chiqish belgilari boʻlmagan ko‘ngilochar maskanlar borasida xavotir bildirganlar.

“Biz muammo borligini bilamiz, ammo bunga qarshi hech qanday chora koʻrilmayapti”, dedi Surakmatov.

U Davlat atrof-muhit va texnika inspektsiyasi vakillarini barcha ob’yektlarni talablarga moslashtirishga chaqirdi.

“Qoidabuzarlik qayd etiladigan boʻlsa, tavsiyalar belgilanishi kerak, faqat shundagina muammolarni bartaraf etish mumkin”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500