Karvonsaroy

Oʻzbekiston va Qozogʻiston “Silk Visa” dasturini ishga tushiradi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Qozogʻiston va Oʻzbekiston ikki mamlakatda birdek amal qiladigan yagona vizani joriy etishga kelishib oldi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (REF/RL).

Mintaqada turizmni rivojlantirishga qaratilgan “Silk Visa” tizimi 2019-yilning fevral oyidan ish boshlashi kutilmoqda.

Bu chora mintaqaga xorijlik sayyohlarni jalb qilish va uni yanada ommalashtirishga yordam beradi. Bu haqda Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxoʻjaev 20-dekabr kuni Toshkentda jurnalistlarga maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu loyihaga Qirgʻiziston va Tojikiston ham qiziqish bildirgan.

Qozogʻiston Yevropadagi Shengen vizasiga oʻxshash tizim boʻlishi kutilayotgan “Silk Visa” loyihasiga Turkiya va Ozarbayjonni ham jalb qilish ustida ishlamoqda. Bu haqda qozoq rasmiylari maʼlum qilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500