Karvonsaroy

Shimoliy Qozogʻiston viloyatini rivojlantirishga oid yangi reja amalga oshiriladi

Karvonsaroy

PETROPAVLOVSK, Qozogʻiston – Qozogʻiston rasmiylari Shimoliy Qozogʻiston viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha uch yillik rejani amalga oshirishga kirishdi, deb xabar beradi Kazinform payshanba (27-dekabr) kuni.

Ushbu rejaga muvofiq, Qozogʻiston hukumati viloyatda turli infratuzilmaviy va boshqa islohotlarni amalga oshirish, jumladan, 302 qishloqda 3000 ta uy-joy barpo etish uchun 300 milliard tenge (800 million AQSH dollari) ajratadi. Shimoliy Qozogʻiston viloyati hokimi Kumar Aksakalovning aytishicha, bu boradagi ishlar 2019-yilda boshlanadi, bir yil davomida 600 ta uy-joy qurilishi tugallanadi.

Prezident Nursulton Nazarboevning koʻrsatmasiga muvofiq tayyorlangan reja qishloq joylarni rivojlantirishga qaratilgan.

Aksakalovning soʻzlariga koʻra, rejada qariyb 600 kilometr qishloq yoʻllarini taʼmirlash, 94 ta qishloqni suv bilan taʼminlash va viloyat maktablari uchun 4 ming dona kompyuter sotib olish ham koʻzda tutilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500