Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-12-28

Uch Markaziy Osiyolik Shvetsiyada terrorchilik harakatini rejalashirishda ayblanmoqda

AFP

STOCKHOLM, Shvetsiya – Shvetsiya prokuraturasi 28-dekabr, payshanba kuni Markaziy Osiyolik uch erkakni mamlakatda terakt rejalashda ayblaganini maʼlum qildi. Ushbu jinoyatning oldi olinmaganida, u katta talafot keltirishi mumkin edi, deyiladi xabarda.

Gumondorlar “odamlarni oʻldirish va jarohatlash maqsadida yirik miqdorda kimyoviy moddalar va boshqa jihozlarni qoʻlga kiritish va saqlashda” ayblanmoqdalar, deyiladi prokuratura bayonotida.

Qoʻlga olingan uch kishi va yana boshqa bir uchlik terrorizmni moliyalashtirishda ham ayblangan. Prokurorlar ularni “Islom davlati” (ID) operatsiyalarini moliyalashtirish uchun chet elga pul yuborishda ayblaganlar. Oltovlon oʻzlariga nisbatan ilgari surilgan barcha ayblovlarni rad etgan.

Mazkur ish boʻyicha sud jarayoni 7 yanvar kuni boshlanishi kutilmoqda.

Shvetsiyaning Dagens Nyheter nashriga koʻra, gumonlanuvchi erkaklar 30-46 yosh oraligʻida boʻlib, kelib chiqishi Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan ekani aytilmoqda. Ularning Shvetsiyadagi yashash maqomini tasdiqlashning imkoni boʻlmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha