Olmaotada Olimpiya oʻyinlari sovrindori Denis Tenni oʻldirishda gumonlanganlar ustidan sud boshlandi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Payshanba (3-yanvar) kuni boshlangan sudning ilk kunida Qozogʻistonlik fugurist Denis Tenni oʻldirishda gumon qilinganlar – Arman Qudaybergenov va Nurali Qiyasovlar oʻz aybini tan olmadi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Tergovchilarga koʻra, Ten oʻtgan yilning iyun oyida Olmaotada avtomashinasining yon oynalarini oʻgʻirlashga uringan ikki erkak bilan toʻqnash kelib, pichoq yegan va hayotdan koʻz yumgandi.

Gumondorlarning ikkovi ham qotillik va oʻgʻirlik sodir etganlariga iqror boʻlmaganlar. Uchinchi ayblanuvchi Janar Tolibayeva oʻgʻirlik va jinoyat haqida xabar bermaganlik ayblovini rad etgan.

25 yashar Ten Olimpiya medalini (2014-yil, Sochi, bronza) qoʻlga kiritgan ilk qozogʻistonlik figurist edi.

Sizga maqola yoqdimi?

0
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha