http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/01/04/newsbrief-01

Germaniyaliklar O‘zbekistonga vizasiz safar qilishlari mumkin

AFP

TOSHKENT – AFP nashriga ko‘ra, 15-yanvardan boshlab germaniyaliklar O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz safar qilishlari mumkin, deb xabar bergan O‘zbekiston davlat turizm qo‘mitasi juma (4-yanvar) kuni.

Germaniya Fransiyadan keyin Oʻzbekiston bilan vizasiz rejimga oʻtgan ikkinchi Yevropa mamlakati boʻladi. Oʻzbekiston bundan bir oy avval Fransiya fuqarolariga mamlakatda 30 kun davomida vizasiz boʻlish imkoniyatini taqdim etgandi.

Ushbu chora turizmni rivojlantirishga qaratilgan. Xususan, hukumat Buxoro, Xiva va Samarqand kabi shaharlarning Buyuk ipak yoʻliga oid boy merosini namoyish etishga intilmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu oyda Germaniyaga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston davlat turizm qoʻmitasiga koʻra, 2018-yilda mamlakatga 18904 nafar Germaniya fuqarosi kelgan boʻlib, bu 2016-yildagidan 5 baravar koʻp.

Oʻzbekistonga sobiq sovet respublikalarining koʻplab mamlakatlari fuqarolari, shuningdek, Turkiya, Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur va Yaponiga fuqarolari vizasiz safar qilishlari mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha