Karvonsaroy

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zbek va tojik hamkasblari bilan muzokara oʻtkazdi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan telefon orqali muzokara oʻtkazdi, muloqot O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan amalga oshirildi, deb xabar berdi juma (4-yanvar) kuni Kazinform nashri Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatiga asoslanib.

Suhbat chogʻida keng qamrovli masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, tomonlar Markaziy Osiyo rahbarlarining ikkinchi ishchi uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qildilar. Prezidentlar o‘tgan yilning mart oyida Ostonada maslahat uchrashuvini o‘tkazgan edilar.

Shu bilan birga, Atamkulov tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Muhriddin bilan ham telefon orqali suhbatlashgan. Ular Qozog‘iston-Tojikiston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500