Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2019-01-07

Shvetsiyada terrorda ayblangan olti Markaziy osiyolik ustidan sud boshlandi

AFP

STOCKHOLM – Dushanba (7-yanvar) kuni Stokholm sudida Shvetsiyada yashovchi oʻzbek va qirgʻiz millatiga mansub olti fuqaro ustidan sud mahkamasi boshlandi. Ular terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan, uch nafari esa terrorchilik harakati rejalashtirishda gumon qilinmoqda.

“Terror hujumi amalga oshgan taqdirda Shvetsiyaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin edi”, deyiladi ayblov tomonining xulosasida.

Sudning birinchi kunida ayblov tomoni olti nafar gumondor “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhini moliyalashtirish uchun mablag‘ yuborganini da’vo qildi.

Ayblov tomoni o‘zbekistonlik 34 yashar Akromjon Ergashev Turkiyadagi vositachiga qariyb 18 ming shved kronasi (1750 yevro yoki 2 ming AQSH dollari) yuborganini, u esa o‘z navbatida mablag‘ni Suriyadagi ID tarafdorlariga o‘tkazganini ta’kidladi.

Prokurorlar shifrlangan mobil ilovadagi yozishmalar va hisob yozuvlarini sudga dalil sifatida taqdim etganlar.

Sud hujjatlariga ko‘ra, qolgan besh gumondor – o‘zbekistonlik 30 yashar Baxtiyor Umarov, 39 yashar G‘ulom Tojiyev, 24 yashar Shoahmad Mahmudov, 46 yashar David Idrisson va 39 yashar qirg‘zistonlik Atabek Abdullayevlardir.

Abdullayev, Idrisson va Umarov Shvetsiyada terror hujumini rejalashtirganlikda ayblanmoqda.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, ular portlovchi moslamalar yasash uchun katta miqdorda kimyoviy moddalar, gaz niqoblari, radiotelefonlar va boshqa harbiy materiallarni sotib olishgan.

Prokuraturaga ko‘ra, gumondorga tegishli telefonlarning biridan Stokholmdagi nishonga olingani taxmin qilingan gavjum joylarning suratlari topilgan.

O‘tgan yilning aprel oyida Stokholmdan 600 km shimolda joylashgan Stromsundda oʻtkazilgan reyd chogʻida qo‘shnilar politsiya 15 ga yaqin yirik plastmassa idishlarni boʻsh joydan chiqarib olganiga guvoh bo‘lganliklarini aytganlar, deb xabar bergan «Dagens Nyheter» gazetasi.

Gumondorlarning biri 2017-yil aprel oyida Stokholmda piyodalar ustiga mashina haydab, besh kishini oʻldirgan radikal o‘zbek muhojiri Rahmat Oqilov bilan aloqada bo‘lgan.

O‘tgan yil iyun oyida Oqilov umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Oltovlon ayblovlarni rad etmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha