Suriyadan Qozogʻistonning oʻnlab fuqarolari evakuatsiya qilindi

AFP

OLMAOTA – Chorshanba (9-yanvar) kuni Qozogʻiston Suriyada garovda ushlab turilgan oʻnlab fuqarolar, jumladan, yosh bolalar evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan, deb yozadi AFP.

Qozogʻiston xavfsizlik xizmatlariga koʻra, 2011-yildan beri yuzlab qozoqlar Suriyadagi jangarilar safiga qoʻshilish uchun aksar aholisi musulmonlardan iborat mamlakatni tark etganlar.

“Shu yilning 6-yanvar kuni 47 nafar qozoq fuqarosi, shu jumladan, 30 nafar yosh bola Suriyadan evakuatsiya qilindi”, dedi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

“Ular inqiroz iskanjasidagi ushbu mamlakatga aldov yoʻlib bilan olib kelingan va terrorchilar tomonidan garovda ushlab turilgan”, dedi u.

“Biz oʻz ixtiyoriga qarshi urush hududida ushlab turilgan bolalarni qaytarish ishlarini davom ettiramiz”, deb qoʻshimcha qilgan u operatsiya tafsilotlarini ochiqlamay.

2014-yilda qozogʻistonlik askar bolalar mashgʻulot olib borayotgani aks etgan “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhining targʻibot videosini tarqatgan ommaviy axborot vositalari hukumat tarafidan bloklangan edi.

Urush boshlanganidan beri Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridanboʻlgan minglab odamlar jangarilar safiga qoʻshilish uchun Suriyaga yoʻl olganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

2
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha