Karvonsaroy

350 dan ortiq Qozogʻiston fuqarolari hamon Suriyada qolmoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Taxminan 370 dan 380 nafargacha Qozogʻiston fuqarolari hamon Suriyada qolmoqda, ularning aksariyati ayollar, deb maʼlum qildi payshanba (10-yanvar kuni) Kazinform Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) departamenti boshligʻiga tayanib.

Terrochilar qozoq fuqarolarini internet orqali yollamoqdalar, dedi Baxitbek Rahimberdiyev. Uning soʻzlariga koʻra, yollovchilar ijtimoiy tarmoqlarda “Suriyada dinning barcha arkonlari amalda ekanini” aytib, odamlarni aldaydilar.

Chorshanba (9-yanvar) kuni Qozogʻiston hukumati mamlakat tashqi ishlar vazirligi va huquq-tartibot organlari tomonidan Suriyadan 47 nafar qozoq fuqarosini evakuatsiya qilish boʻyicha operatsiya oʻtkazilgani haqida maʼlum qilgan edi.

U evakuatsiya qilinganlar orasida terrorizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan 6 nafar erkak va bir ayol ustidan tergov olib borilayotganini aytgan.

Suriyada jami 30 nafar bola, 11 ayol va 6 erkak evakuatsiya qilingan, dedi u.

Qozogʻistonga qaytganlar terrorizmda ayblanib sud qilinsa, ularga nisbatan jazo belgilanishi mumkin. Ammo ular fuqarolikdan mahrum qilinmaydilar, sababi “oʻz ixtiyorlari bilan qaytish istagini bildirishgan”, dedi u.

Yevropa parlamenti aʼzosi Iveta Grigule-Peters evakuatsiyani olqishladi va bu qozoq diplomatlarining yuqori darajadagi tayyorgarligidan darak berishini aytdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500