Karvonsaroy

Qozog‘istonlik olimpiyadachi Denis Tenga hujum qilgan shaxs uni pichoqlaganini tan oldi

Karvonsaroy

OLMAOTA – 19-iyul kuni Olmaotada sudlanuvchi qozog‘istonlik olimpiya medali sovrindori va figurali uchuvchi Denis Tenni pichoqlaganiga iqror bo‘ldi, deb xabar berdi dushanba (14-yanvar) kuni sud jarayonida ishtirok etgan KazTAG muxbiri.

Gumondorlardan biri Nurali Qiyasovning guvohlik berishicha, Ten mashinasining yon oynalarini o‘g‘irlayotgan ikki kishini ta’qib etishga uringan vaqtda toʻqnashuv yuz bergan. “Men qanday qilib unga ikki marta pichoq urganimni hamon anglab yetmayapman. O‘z aybimda iqrorman, ammo uni qasddan o‘ldirmadim. Maqsad oʻgʻirlik edi. Hammadan agar meni kechira olishsa avf etishlarini so‘rayman”, dedi u.

Ten 2014-yil Sochida bo‘lib o‘tgan qishki olimpiyadada bronza medaliga sazovor boʻlgan. Bu bilan u Markaziy Osiyodan birinchi bo‘lib olimpiada medalini yutgan fugurali uchuvchiga aylangan edi. U 25 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Mazkur ish bo‘yicha yana ikki kishi sudlanmoqda. Arman Qudaibergenov ikkinchi oyna o‘g‘risi bo‘lsa, Janar Tolibayeva o‘g‘irlikda va jinoyat haqida xabar bermagani uchun sudlanmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500