Karvonsaroy

Olmaotada “Islom davlati”ga aʼzolikda gumonlangan olti kishi qoʻlga olindi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Oʻtgan payshanba (10-yanvar) kuni Olmaotada Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) tomonidan Qozogʻistonda terrorchilik harakatlarini sodir etish uchun til biriktirishda gumonlanayotgan bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari qoʻlga olindi.

Bayonotda nechta odam hibsga olingani ochiqlanmagan boʻlsa-da, gumondorlar aks etgan fotosuratda olti kishini koʻrish mumkin.

Gumondorlarning barchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari boʻlib, ular Olmaotadagi jamoat joylarida qoʻlbola portlovchi moddalar yordamida terrorchilik harakatlarini sodir etishni rejalashtirganlar. Ular yashgan joy tintuv qilinganida, u yerdan bomba yasashda qoʻllaniladigan moddalar, oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar topilgan.

Qoʻlga olingan gumondorlar xorijdagi “Islom davlati” (ID) guruhi jangarilaridan koʻrsatmalar olishgan, deb maʼlum qilgan KNB.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500