Karvonsaroy

Afg‘oniston “Ansarulloh jamoati”ning besh a’zosini Tojikistonga topshirdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Afg‘oniston hukumati “Ansarulloh jamoati” (AJ) guruhining marhum yetakchisi o‘g‘lini vatani Tojikistonga topshirdi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining (RFE/RL) tojik xizmati dushanba (14-yanvar) kuni.

Afg‘oniston Saidjaloliddin Tabarov va AJ guruhining to‘rt a’zosini topshirdi, deb xabar berdi Tojikistonning Afg‘onistondagi elchisi Sharofiddin Imomov ekstraditsiya bir nechta xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilganini qo‘shimcha qilib.

“Ansarulloh jamoati” Afg‘onistonda joylashgan tolibonlar tarafdorlari bo‘lgan kichik tojik jangari guruhi boʻlib, ularning asosiy maqsadi tojik hukumatini egallashdir. Afg‘oniston qurolli kuchlari 2015-yilda guruh qo‘mondoni Amriddin Tabarovni o‘ldirgan, deb xabar bergan edi 2016-yilda tojik hukumati.

Dushanbe “Ansarulloh jamoati” guruhini 2010-yilda sodir etilgan ikki terrorchilik hujumida ayblagan. Ulardan biri Xo‘jandda sodir etilib, unda uchta huquqni muhofaza qilish xodimi halok bo‘lgan, ikkinchisi Rasht vodiysida 25 kishi hayotiga zomin bo‘lgan pistirma hujumi edi.

Koalitsiya kuchlari Saidjaloliddin va uning ukasi Abdufattohni 2009-yilda qo‘lga olgan. Hanuzgacha Afg‘oniston qamoqxonasida qolayotgan Abdufattoh nima sababdan ekstraditsiya qilinmagani ma’lum emas.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500