Karvonsaroy

Qozogʻiston va Qirgʻiziston rasmiylari chegaradagi kontrabanda muammosini muhokama qildilar

Karvonsaroy

QORDAY, Qozogʻiston – Chorshanba (23-yanvar) kuni Qirgʻiziston va Qozogʻistonning soliqchi rasmiylari Qozogʻistonning Qorday qishlogʻida kontrabanda mahsulotlarining chegaradan noqonuniy olib oʻtilishi muammosini muhokama qildilar. Bu haqda AKIpress axborot agentligi Qirgʻiziston davlat soliq xizmatiga tayanib xabar berdi.

Qirgʻiziston davlat soliq xizmati rahbari Tengizbek Abjaparov va Qozogʻiston davlat daromadlari qoʻmitasi raisi Marat Sultangaziyev ikki davlat oʻrtasida iqtisodiyot va soliqchilik sohasida hamkorlik qilishga oid harakatlar rejasini muhokama qildilar.

Tomonlar rejani takomillashtirishga kelishib olganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500