Karvonsaroy

Qirgʻiziston sobiq bosh prokurori: mansabdorlar qirgʻiz tilini bilishi shart

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston sobiq bosh prokurori davlat amaldorlari qirgʻiz tilida erkin soʻzlashishi kerakligini uqtirdi, deb xabar beradi 24.kg nashri chorshanba (23-yanvar) kuni.

Beknazarov va boshqa mualliflar tomonidan prezident Sooronbay Jeenbekovga, parlament va vazirlar mahkamasiga yoʻllangan murojaatda davlat lavozimlariga ishga qabul qilishda qirgʻiz tilini bilish talabini joriy etish taklif qilinmoqda.

Qirgʻiz tilini talab darajasida bilmaydigan mansabdor shaxslarni 5550 qirgʻiz soʻmi (80 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda.

Beknazarovning soʻzlariga koʻra, mazkur tashabbus 2000-yilda keskin tushib ketgan qirgʻiz tilining maqomini oshirishga xizmat qiladi. Oʻshanda rus tiliga qirgʻiz tili bilan bir xil darajada rasman davlat tili maqomi berilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500