Karvonsaroy

AQSH Tojikiston chegara xizmatiga 3,8 million dollarlik radar tizimini tuhfa qildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikistondagi AQSH elchixonasi dushanba (28-yanvar) kuni chegarani qo‘riqlash kuchlariga yerusti sensorli radar tizimini hadya qildi, deyiladi elchixona bayonotida.

Qiymati 3,8 mln. AQSH dollariga (36 million somoniy) teng radar chegarachilarga “kundalik patrul xizmati tomonidan nazoratsiz qoladigan chegara hududlarini doimiy nazorat qilish” imkonini beradi, deyiladi bayonotda.

Tizim ayniqsa, “doimiy nazorat qilish imkoni cheklangan, postlar masofasi uzoq boʻlgan hududlarda” asqotadi, deb qo‘shimcha qildi u.

Marosimda Tojikistondagi AQSH elchixonasining ishonchi vakili Kevin Kovert va Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) raisi, general polkovnik Saymumin Yatimov ishtirok etishdi.

Bayonotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 27 yil davomida taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlash va koʻmak sifatida Tojikistonga 1,8 milliard AQSH dollari (17 milliard somoniy) ajratgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500