TOSHKENT – Oʻzbekiston yirik miqdordagi mablagʻni oʻzlashtirishda gumon qilingan erkakni Qozogʻistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda dushanba (28-yanvar) kuni Qozogʻiston bosh prokuraturasi xabar qilgan.
Bayonotga koʻra, Artur Trofimov 2005-2009-yillarda Qozogʻistonning “BTA Bank”idan yirik miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirish va yuvganlikda gumon qilinmoqda. Trofimovning qaysi mamlakat fuqarosi ekani ochiqlanmagan.
U shuningdek, uyushgan jinoiy guruh tuzish va unga boshchilik qilishda gumon qilingan, deyiladi xabarda.
Qozogʻiston bosh prokuraturasi Trofimovning ekstraditsiyasi oʻzbekistonlik hamkasblar bilan oʻzaro hamkorlik natijasida amalga oshirilganini qayd etgan.