Karvonsaroy

Oʻzbekiston oliy taʼlim muassalarida toʻrt yillik taqiqdan soʻng siyosatshunoslik fani tiklanadi

AFP

TASHKENT – Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalarida toʻrt yillik tanaffusdan soʻng prezidentning yangi farmoni bilan siyosatshunoslik fan sifatida qayta joriy etiladigan boʻldi.

Senyabr oyidan Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik darslari boshlanadi, dedi OTMning oʻquv masalalari boʻyicha prorektori Matyoqub Baqoyev payshanba (31-yanvar) kuni.

“Prezident farmoni eʼlon qilindi, yangi 2019-2020 oʻquv yilidan universitetimiz taʼim dasturiga “Siyosatshunoslik“ fani kiritilishini tasdiqlayman”, deb aytgan Baqoyev AFP muxbiri bilan telefon orqali suhbatida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba (29-yanvar) kuni siyosatshunoslik fanini kiritishga ruxsat beruvchi qarorni imzolagani mahalliy matbuotda eʼlon qilingan.

Siyosatshunoslik fanining tushunarsiz sabablarga koʻra taqiqlanishi 2016-yilda vafot etgan prezident Islom Karimov davrida mamlakatdagi soʻz erkinligini boʻgʻish harakatlarining davomi sifatida baholangan edi.

Oʻshanda taʼlim mutasaddilari oʻqituvchilarga bu fanning boshqa fanlar bilan bogʻliq ekanligi sababli foydasiz ekanligi aytgan.

Islohotchi Mirziyoyev oʻzidan avvalgi davlat rahbarining koʻpgina oʻrinsiz qarorlarini bekor qilgani uchun olqishga sazovor boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500