Karvonsaroy

Tojikistonda diniy masalalar boʻyicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikistonning diniy ishlar hamda an’analar va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha qo‘mitasi fuqarolarga diniy masalalarda yordam berish maqsadida tezkor aloqa liniyasini ishga tushirdi, deb xabar beradi Asia-Plus nashri dushanba (4-fevral) kuni.

Ishonch telefoni Haj, milliy urf-odat va marosimlarga oid ma’lumotlarni berishga ko‘maklashadi, dedi qo‘mita matbuot ko‘tibi Afshin Muqim.

Fuqarolar +992 988 20 66 66 raqamiga qoʻngʻiroq qilishlari yoki matnli xabar yuborishlari mumkin, dedi u.

Muqimning so‘zlariga ko‘ra, qaynoq liniya hukumat va jamiyatning o‘zaro aloqalarini yaxshilashga hamda qonunlarning samarali ijro etilishiga yordam beradi.

O‘tgan yili Tojikiston sudlarida milliy urf-odatlar va marosimlarning buzilishi bilan bogʻliq 648 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan, deyiladi qo‘mita bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500