Karvonsaroy

Rossiya mudofaa vaziri yangi raketa tizimlarini ishlab chiqishga chaqirmoqda

AFP

MOSKVA – Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba (5-fevral) kuni Vashington va Moskva oʻrtasida qurollarni nazorat qilish boʻyicha asosiy shartnoma bekor qilinganidan soʻng, yaqin ikki yil ichida mamlakat raketa tizimlarining yangi turlarini ishlab chiqishi kerakligini aytdi.

Qoʻshma Shtatlar Rossiyani bir necha marta Oʻrta va qisqa masofali raketalar (INF) shartnomasini buzganlikda ayblagan, 1-fevral kuni esa prezident Donald Tramp Vashington olti oy ichida bu kelishuvdan chiqish jarayoni boshlanganini aytdi.

Ertasi kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva ham shartnomadan chiqishini va Sovuq urush davriga oid muhim kelishuvga zid boʻlgan yangi turdagi qurollarni ishlab chiqarish ishlari boshlanishini aytgan.

Seshanba kuni rasmiylar bilan uchrashar ekan, Shoygu Rossiya kelgusi ikki yil ichida ikkita yangi raketa tizimini ishlab chiqishi kerakligini taʼkidladi.

“2019-2020-yillar mobaynida biz Suriyada yaxshi natijalarni koʻrsatgan, uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalar bilan jihozlangan “Kalibr” dengiz tizimining quruqlikda ishlaydigan versiyasini ishlab chiqishimiz kerak”, dedi Shoygu harbiy amaldorlar bilan suhbat chogʻida.

“Bu muddat ichida shuningdek, uzoq masofali, tovushdan tez, yerdan uchiriladigan raketa tizimini ishlab chiqishimizga toʻgʻri keladi”, dedi u.

Putin ushbu rejalarni maʼqulladi, deb aytgan Shoygu.

OʻQMR bitimi yerdan uchiriladigan, oʻrta va qisqa masofali raketalarni taqiqlaydi, ammo havodan yoki dengizdan uchiriladigan raketalar bundan mustasno.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500