Tojikistonda muqaddam sudlangan shaxslar davlat xizmatchilari boʻla olmaydilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Chorshanba (6-fevral) kuni Tojikiston parlamentining quyi palatasi hukumat tarafidan qonunchilikka taklif etilgan oʻzgartirishlarni maʼqulladi, ularga koʻra, muqaddam sudlangan shaxslar davlat xizmatlariga ishga olinmaydigan boʻldi, deb xabar beradi Asia-Plus nashri.

Taklif qonun sifatida qabul qilinganidan soʻng, faqat qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amalda boʻladi, dedi Davlat xizmatlari boʻyicha agentlik rahbari Juma Davlatov.

Davlatovga koʻra, hozirda Tojikistonda 20 mingga yaqin davlat xizmatchilari bor.

Sizga maqola yoqdimi?

0
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha