Karvonsaroy

Qirgʻiziston kuch tuzilmalari terrorizmda gumonlangan xorijlikni qoʻlga oldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston Davlat milliy xavsizlik qoʻmitasi (GKNB) juma (8-fevral) kuni xalqaro terrorchilik tashkilotiga aʼzolikda gumonlangan shaxs hibsga olinganini bildirdi. Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi xabariga koʻra, u Qirgʻizistonda terrorchilik harakati sodir etish uchun guruh tuzmoqchi boʻlgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi boʻlgan 30 yoshli gumondor oʻz vatanida oʻta ogʻir, jumladan terrorchilikka aloqador jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan va qidiruvda boʻlgan, deb xabar beradi GKNB.

GKNB maʼlumotlariga koʻra, noqonuniy yoʻllar bilan Qirgʻizistonga kirib kelgan gumondor mamlakat hududiga olovli nuqtalardan jangarilar kirib kelishining oldini olishga qaratilgan operatsiya chogʻida Jalolobodda qoʻlga olingan, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Qoʻmitaga koʻra, hibsga olingan shaxs bombalar yasash, shahar va togʻ sharoitlarida oʻqotar qurollardan foydalanish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan.

Ayni paytda Qirgʻiziston hukumati gumondorni oʻz vataniga ekstraditsiya qilish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar beradi GKNB.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Doim yangiliklar bilan

Javob berish