http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/02/08/newsbrief-03

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri “Sputnik”da chop etilgan aksil-Amerika ayblovlariga eʼtiroz bildirdi

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov payshanba (8-fevral) kuni Toshkentda oʻtkazigan brifing chogʻida “Sputnik-Oʻzbekiston” nashrida chop etilgan, Qoʻshma Shtatlar afgʻonistonlik jangarilarning Markaziy Osiyoga hujumini uyushtirishga hozirlanayotgani haqidagi maqolaga eʼtiroz bildirdi.

Chorshanba (7-fevral) kuni chop etilgan maqolada Rossiyaning afgʻon urushi faxriylari uyushmasi rahbari Frans Klintsevich “Tez orada Markaziy Osiyo jangarilarning jiddiy hujumiga uchrashi va bu hujumlarni AQSH maxsus xizmatlari Afgʻonistonda Rossiyaga qarshi tayyorlayotgani“ haqida soʻzlagan.

“Markaziy Osiyo respublikalarining hujumga uchrashi haqidagi bunday fikr-mulohazalar nafaqat norozilik, balki odamlarning gʻazabini qoʻzgʻaydi” deb yozadi Gazeta.uz Abdulaziz Komilovning soʻzlaridan iqtibos keltirib. Komilov “Sputnik”da chop etilgan maqolaga ishora qilar ekan, “Ertaga Markaziy Osiyodagi vaziyat butunlay izdan chiqadi” degan bashoratlarni “25 yildan beri eshitib kelayotganini” aytgan.

Komilov jangarilarning Markaziy Osiyoga kirish niyatidagi ekanini isbotlovchi hech qanday dallillar yoʻqligini taʼkidlagan.

Komilov Oʻzbekistonning afgʻon muammosini hal etish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini, jumladan, 2018-yilning mart oyida Toshkentda 20 dan ortiq mamlakat va tashkilotlar ishtirokida Afgʻoniston masalasi boʻyicha anjuman oʻtkazilganini alohida urgʻuladi. “Biz tinchlik jarayonini va bu mamlakat hukumatini qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz”, dedi vazir.

Brifing Toshkentda 19-20-fevral kunlari 100 dan ortiq tahlilchilar ishtirokida oʻtadigan “Markaziy Osiyodagi oʻzaro bogʻliqlik” anjumaniga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilgan.

Sizga maqola yoqdimi?
5
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat
Captcha
| 2019-02-09

Rossiya Markaziy Osiyodagi afgʻon terrorchilari haqidagi qoʻrqinchli hikoyalari bilan anchadan beri qoʻrqitib keladi. Rossiyadan himoya soʻrashimiz uchun. Biz terrorchilarni oʻzimiz bir yoqlik qilamiz, asosiysi Rossiyaning oʻzi ularga yordam bermasa bas.

Javob berish
| 2019-02-09

Tolibonlar hech qachon boshqa davlatga bostirib borishmaydi, o‘zlarida yuz yilga yetadigan muammolar bor.

Javob berish
| 2019-02-11

Umuman olganda, shimoldagi qoʻshni XHK “Turon”ga oʻxshagan xususiy harbiy kompaniyalarni kiritish yoʻli bilan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi barqarorlikni izdan chiqarishga urinib koʻrishi mumkin

Javob berish