Karvonsaroy

AQSH O‘zbekistonga yangi mehnat kodeksi va milliy baholash tizimini ishlab chiqishga koʻmaklashadi

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – 4-6-fevral kunlari O‘zbekiston rasmiylari Vashingtonga ishchi tashrifi chog‘ida AQSHlik hamkasblari bilan mehnat masalalari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildilar, deb xabar berdi dushanba (11-fevral) kuni “Tashkent Times” nashri O‘zbekiston mehnat vazirligiga asoslanib.

6-fevral kuni AQSH mehnat vazirligida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya va mehnat vaziri Sherzod Qudbiyev AQSH menhat vaziri o‘rinbosari Marta Nyuton bilan uchrashdi.

Tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

AQSH hukumati O‘zbekistonga mehnat bozorida ilmiy va demografik tadqiqot olib borishga yordam beradi va turli yoʻnalishlarda qisqa muddatli treninglar tashkil etadi, deb xabar bergan mehnat vazirligi.

Qudbiyev AQSH mehnat vazirligi maslahatchisining islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashishidan manfaatdor ekanini bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500