Karvonsaroy

Dushanbeda “nizolarga taʼsirchan jurnalistika” mavzusidagi trening tashkil etildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Urush va tinchlikni yoritish institutining (IWPR) Markaziy Osiyodagi idorasi Dushanbeda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonlik jurnalistlar uchun “nizolarga taʼsircha jurnalistika” mavzusida toʻrt kunlik seminar-trening tashkil etdi. Bu haqda dushanba (11-fevral) kuni Oʻzbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

Trening davomida Tojikiston va Qirgʻizistondan kelgan murabbiylar xalqaro qonunchilikning huquqiy asoslari va tinchlikparvar jurnalistika tamoyillari haqida maʼruzalar oʻqidilar.

Seminar ishtirokchilari diniy muammolar, ziddiyatlar va boshqa nozik mavzularni yoritish boʻyicha xalqaro standartlarni oʻrgandilar.

Murabbiylar jurnalistlar tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va stereotiplani koʻrsatib, OAV va internetda ekstremizmga qarshi qonunlarni buzishdan qanday qilib saqlanish kerakligini tushuntirdilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500