Karvonsaroy

Qirgʻiziston kuch tuzilmalari Suriyadagi janglarda qatnashgan gumondorni qoʻlga oldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashgani uchun qidiruvda boʻlgan qirgʻiz fuqarosini hibsga oldi, deb xabar beradi 24.kg dushanba (11-fevral) kuni.

GKNB maʼlumotlariga koʻra, gumondor 2015-yilda Suriyaga safar qilgani, u yerda terrorchilik tashkilotiga qoʻshilib, hukumat kuchlariga qarshi jang qilgani aytiladi.

Keyinchalik u Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondan tarkib topgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʻzo mamlakatlardan biriga yuborilgan.

Oʻtgan haftada shimoliy Qirgʻizistonda xalqaro terrorchilik tashkilotiga mansublikda gumon qilingan xorij fuqarosi GKNB tomonidan hibsga olingan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500