Karvonsaroy

Markaziy Osiyo davlatlari tabiiy ofatlarga moliyaviy shaylik masalasini muhokama qiladilar

Karvonsaroy

BAKU, Ozarbayjon – Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari fevral oyi oxirida Ostonada yigʻilib, tabiiy ofatlardan moliyaviy himoyalanganlik masalasini muhokama qilmoqchi. Bu haqda seshanba (12-fevral) kuni Trend.az nashri Jahon banki rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Jahon banki va Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tiklanish boʻyicha Global fond koʻmagida tashkil etilajak tadbirda Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Tojikiston vakillari ishtirok etadilar. Bu haqda Jahon bankining tabiiy ofatlar xavflarini boshqarish boʻyicha Markaziy Osiyodagi bosh mutaxassisi Ko Takeuchi maʼlum qildi.

“Bu kabi tadbir Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkazilmoqda”, dedi u.

Jahon banki Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga bardoshliligini kuchaytirishga intilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500